Xavi Ispaniya hujumchisini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

  • 25 dekabr, 2022, 23:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi tarkibni yana ham kuchaytirishni istamoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, 42 yoshli mutaxassis o‘z jamoasida "Leyptsig" hujumchisi Dani Olmoni ko‘rishni istaydi. "Ko‘k-anorranglilar" ancha vaqtdan buyon uni kuzatib kelmoqda. Shu yilning yozida rahbariyat uning transferi ustida ham ishladi, ammo Laporta nemis klubi bilan kelisha olmagandi. 

Ma’lumot uchun, Olmoning transfer narxi 40 million evroni tashkil qiladi. U joriy mavsum jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 5 ta assist muallifiga aylandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!