Xavi davralar oralig‘ida "Barsa"ning qaysi pozitsiyalariga yangi futbolchi olib kelmoqchi?

  • 23 yanvar, 2022, 20:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes davralar oralig‘ida qaysi pozitsiyalarni kuchaytirishga urg‘u bermoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis jamoaga Xordi Alba bilan raqobatlashadigan chap qanot himoyachisi, markaziy himoyachi hamda hujumchi olib kelmoqchi.

Qayd etilishicha, Xavi bu haqda klub rahbariyatini allaqachon xabardor qilgan va transfer oynasi yopilgunicha ushbu pozitsiyalarga futbolchi olib kelishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 32 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!