Xavi buni tushunib etdi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes hujumchi Usmon Dembelening kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Dembele bilan suhbatlashdim. U nafaqat bu mavsum, balki kelajakda ham men uchun qanchalik muhim ekanligini tushunib etdim. Endi hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Usmon iqtidorli futbolchi bo‘lgani uchun klub bilan shartnomasini uzaytirishini istayman", - dedi Xavi.
Qayd etish joiz, frantsiyalik vingerning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.



Fikrlar