
Xavi Braziliya taklifini nega rad etdi?
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Braziliya terma jamoasida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganini va Braziliya futbol federatsiyasining bu taklifidan nega voz kechganini aytib berdi.
- Bu kutilmaganda yuzaga kelgan imkoniyat edi. Men ular bilan agentim orqali muzokara olib bordim. Menda Tite boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o‘rin olish imkoniyati tug‘ilgandi.
Lekin men o‘zim bosh murabbiy bo‘lib ishlashni istadim, qulay payt kelishini kutdim va “Barselona”ni qabul qilib oldim.
Lekin Braziliya terma jamoasida ishlash tarixiy imkoniyat bo‘lganini e’tirof etishim lozim. Hozir esa, men qalbimdan joy olgan dunyoning eng zo‘r klubida ishlayapman, - dedi Xavi Ernandes.
Fikrlar