Xavi “Barsa” futbolchilarining ishonchini yo‘qotdi

  • 30 noyabr, 2023, 15:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes futbolchilar ishonchini yo‘qotdi, deb xabar tarqatdi ispaniyalik jurnalist Kike Mateu.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, futbolchilar murabbiyning maydona ularga berayotgan ko‘rsatmalarini tushunmayapti va buning oqibatida ular Xavining murabbiylik metodikasiga shubha bilan qaray boshladi.

Xavi Ernandasni bosh murabbiy kursisida “Barselona”da o‘ynagan davrida klub afsonasiga aylangani va mavqei baland ekani ushlab turibdi.

Bundan tashqari, ispaniyalik murabbiy klub sport direktori Deku va “Barsa” xo‘jayini Joan Laporta bilan do‘stona aloqalarni davom ettirayotgani ham uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turgan omillardan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhom Reymbaeev
30/11/2023 20:20
Balki bu söngı mavsumi bölsa kerak