Xau "Bornmut"ni tark etdi. U klubda 25 yil faoliyat ko‘rsatdi
Eddi Xau "Bornmut" bosh murabbiyligi postini ikki tomon roziligi ostida tark etdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Xau faoliyatining 25 yilini "Bornmut"da o‘tkazdi. 1994 yilda asosiy jamoada debyut qilgan angliyalik sobiq futbolchi 2008 yilda klub bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirgan.
42 yoshli mutaxassis "Portsmut" tarkibida ikki mavsum to‘p surgan va "Byornli"ni (2011-12) bir mavsum boshqargan.
Xau qo‘li ostida klub APL so‘nggi besh mavsumida elitada jon saqlab qoldi, biroq yakunlangan mavsumda jamoa 18-o‘rinni egallab, chempionshipga tushib ketdi.



Fikrlar