
Xanti-Mansiyskda bugun uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, 10-15 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk shahrida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar bokschilari o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etiladi.
Mehnat Qahramoni Farman Qurban ogli Salmanov xotirasiga bag‘ishlangan mazkur turnirda 15 mamlakatdan 100 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishadi.
8 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishidan xabardorsiz... Mazkur turnirda bugun, bir qator bokschilarimiz o‘z yurishini boshlaydi.
Demak, tanishing:
52 kg
Doston Xo‘jaev(O‘zbekiston) – Txitisan Panmod (tailand)
63 kg
Aliyor Noraliev (O‘zbekiston) – Binjong Sunsiri (Tailand)
75 kg
Abu Nuranov (O‘zbekiston) – Xamer Marzuk (Tunis)
Fikrlar