Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik oxirgi sportchining musobaqadagi chiqishini yakunladi

CHERY AUTO

Bugun Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga etadi. Ushbu kun dasturida karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahrizoda Ismatillaeva (-55 kg) yurtimiz sharafini himoya qiladi. Shuningdek, kechki dasturda musobaqaning tantanali yopilish marosimi o‘tkaziladi.

Tecno

07:21. Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahrizoda Ismatillaeva medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. -50 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz yarim finalda Xitoy Taypeyi sportchisiga imkoniyatni boy berdi. Endi u bronza medali uchun bahs olib boradi.

IMG_20231008_112358

09:00. Shahrizoda Ismatillaeva bronza medali uchun kurashda BAA vakilasi Alajmi Havragaga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Osiyo o‘yinlaridagi oxirgi ishtirokchimiz medal qo‘lga kirita olmadi. 

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Xanchjou-2022ni 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medali bilan yakunladi.

IMG_20231008_112642

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
subhidam@yandex.ru
08/10/2023 09:26
Шунга хам ШУКУР! Аввалги РЕКОРДни янгиладик, демак УЗБЕКИСТОН спортида усиш БЕКИЁС! ОЛГА УЗБЕКИСТОН!