Xamzat Chimaev Shvetsiya fuqaroligidan nima uchun voz kechdi?

  • 13 oktabr, 23:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik bloger Adam Zubayraev UFC ning o‘rta vazn (84 kg) chempioni Xamzat Chimaevning Shvetsiya fuqaroligidan voz kechish qarorini izohladi.

Tecno

“BNJ-kartasiga ega Xamzat Shvetsiya fuqaroligini olish imkoniga ega bo‘lgan paytda undan voz kechdi. Bunga asosiy sabab Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilganligi bo‘ldi. Bu Xamzatga juda qattiq ta’sir qildi. Shu voqealar fonida soliqlarning yuqoriligi va boshqa omillar chechenni bu qarorga kelishga undadi” — dedi Zubayraev Kamil Gajiev You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Xamzat Chimaev ayni paytda BAA fuqarosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!