Xamzat Chimaev, Kovington, Vudli, Serrone... "UFC Fight Night 178" turnirida kimlar jang qiladi?

  • 17 sentabr, 2020, 22:15
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

19 sentyabr kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 178" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Musobaqada 15 ta jang bo‘lib, markaziy jangda Kolbi Kovington va Tayron Vudli qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.

9ecf26a743e8bc7d8443a87f72bded9b

Ushbu jangda 32 yoshli Kovington favorit sifatida qayd etilmoqda. Amerikalik jangchiga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, uning hisobida 15 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor. U 58 ta teykdaun amalga oshirgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha, Jorj Sent-Per (87 ta) hamda Jonni Xendriksdan (61 ta) keyin, uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

GettyImages-1194024463

38 yoshli Vudli esa, 19 marta zafar quchgan va 5 ta mag‘lubiyat hamda 1 ta durang qayd etgan. Jiu-jitsuning qora belbog‘i sohibi 4 yil oldin, Robbi Loulerni nokaut qilib, UFC chempioniga aylangan. Shundan so‘ng, Tompson, Maya va Tillga qarshi janglarda kamarni himoya qilgan. O‘tgan yili Kamaru Usmanga hakamlar qarori bilan 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tyron-Woodley

Shu yilning yanvar oyida Konor MakGregorga yutqazib qo‘ygan Donald Serrone amerikalik Niko Praysga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Faoliyati davomida 36 marotaba raqiblarini dog‘da qoldirgan "Kovboy"ning muxlislari etarlicha topiladi va shuning uchun ham ushbu jang asosiy kardlar qatorida qayd etilgan.

donald-cerrone-will-meet-with-nico-price-on-september-19

Kelajagi porloq, deya e’tirof etilayotgan, muxlislar ardog‘iga aylanib borayotgan, raqiblarini muddatidan avval mag‘lub qilayotgan Xamzat Chimaev 33 yoshli Jerald Mershartga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Chimaev faoliyati davomida 8 ta jang o‘tkazib, barchasida muddatidan avval, g‘alabani qo‘lga kiritgan. Tajribali Mershart hisobida 30 ta g‘alaba va 13 ta mag‘lubiyat bor.

5f1d6ce619182440352eb4f3

Shu kuni, hamyurtimiz Zarruh Adashevni tezkor nokaut evaziga taslim qilgan Tayson Nem 25 yoshli Jerom Riveraga qarshi jang qilishini ham qo‘shimcha qilish mumkin.

03-Nam-v-Adashev-2020-06-13_CU-0038_2020061363451331-850x560

Quyida, "UFC Fight Night 178" turnirining barcha juftliklari bilan tanishish imkoniga egasiz:

1) Kolbi Kovington (15-2) - Tayron Vudli (19-1);

2) Donald Serrone (36-15) - Niko Prays (14-4);

3) Xamzat Chimaev (8-0) - Jeralt Mershard (30-13);

4) Jonni Uoker (16-5) - Rayan Spenn (18-5);

5) Makkenzi Dern (8-1) - Randa Markos (10-10);

6) Kevin Xolland (18-5) - Darren Styuart (13-5);

7) Migel Baeza (8-0) - Ieremiya Uells (7-2);

8) Mirsad Bektich (13-3) - Noma’lum;

9) Mayra Bueno Silva (5-1) - Mara Romero Borella (8-8);

10) Jordan Espinosa (15-7) - David Dvorak (18-3);

11) Jessika-Rouz Klark (9-6) - Sara Alper (7-4);

12) Rendi Kosta (1-1) - Jorni Nyuson (7-2);

13) Andre Evell (16-6) - Irvin Rivera (11-5);

14) Derrik Minner (20-11) - Ti Jey Larame (11-2);

15) Tayson Nem (19-11) - Jerom Rivera (9-2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!