Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi "Tokio-2020" bekor qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • 22 yanvar, 2021, 15:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tokio-2020" o‘yinlari bekor qilingani haqidagi xabarlar OAVda keng tarqalgani ortidan Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tashkilotga a’zo assotsiatsiyalar elektron manziliga quyidagicha xabar yubordi:

Tecno

“Hurmatli ishtirokchilar, sizga shuni ma’lum qilamizki, ommaviy axborot vositalarida "Tokio-2020" bekor qilinganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu taxmin ularning shaxsiy fikrlarini bildiruvchi noma’lum manbaga asoslanadi va ishonchli emas”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Tokio-2020" Paralimpiya o‘yinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabrigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha 16 nafar o‘zbekistonlik sportchi ushbu nufuzli musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!