
Xabib Nurmagomedov rossiyalik sportchilarni Tokioga borishga undamoqda
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Rossiya sportchilari 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlarida, hatto neytral holatda bo‘lsada ishtirok etish kerakligini aytdi.
"Sportchilar mashg‘ulotlarga ko‘p vaqt va kuch sarflashgan. WADA ning ushbu qarori siyosatga bevosita bog‘liq.
Ammo sportchilar Olimpiadaga borishlari kerak, bu mening fikrim “, - dedi Nurmagomedov.
Ma’lumki, butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil davomida doping mojarosi tufayli yirik sport tadbirlarida ishtirok etmasligiga to‘sqinlik qilmoqda.
Fikrlar