
Xabib Nurmagomedov: "Iliya Topuriya ikki jangchini mag‘lub etsa, engil vazndagi kamarga da’vogar bo‘ladi"
UFC ning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov yarim engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriyaning engil vaznga o‘tishiga munosabat bildirdi.
"Agar Topuriya Dastin Por’e va Charlz Oliveyrani mag‘lub etsa, chempionlik kamariga da’vogar bo‘la oladi. Biroq engil vazndagi kamar uchun Islom Maxachevga qarshi jang qilishga tayyor emas. Undan avval Iliya kim bilandir jang o‘tkazishi kerak" - dedi Xabib.
Avvalroq, Topuriyaning murabbiyi shogirdi engil vazn toifasiga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar