
Xabib Nurmagomedov: "Dyu Plessi va Xamzat Chimaev jangida meni bir narsa xavotirga soladi"
MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov o‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi va chechenistonlik Xamzat Chimaev o‘rtasidagi bahs haqida gapirdi.
"Drikus qiziqarli va kuchli raqib. U o‘ziga xos kikboksing uslubiga ega, doimo hujumga boradi. Shunday bo‘lsa-da, men Xamzatga tik turgan holda jang qilishini maslahat beraman. Chunki Chimaev "stoyka"da raqibidan yaxshiroq. Biroq xavotirli jihat ham mavjud. Plessini birinchi yoki ikki raundda finish qilish kerak, aks holda keyinroq ko‘p kuch sarflashga majbur bo‘lasiz. Xamzat raqiblari bilan har doim ham 5 raund kurashmagan. Amaldagi chempionda esa bu borada katta tajriba bor" - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi va Chimaev o‘rtasidagi to‘qnashuv 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida o‘tkaziladi.
Fikrlar