Xabi Alonso: "Jamoaning birlashishi — muvaffaqiyatning asosidir"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 16-turi doirasida "Alaves" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoadagi birlikning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
G‘alaba goliga assist amalga oshirgan Vinisius Junior to‘p kiritilganidan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xabi Alonso oldiga yugurib borib, uni quchoqladi. Ilgariroq braziliyalik futbolchi bilan murabbiy o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
— Biz faqat o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratyapmiz va har uch kunda bo‘ladigan uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ayniqsa bir qator futbolchilar yo‘qligiga qaramay qo‘lga kiritilgan g‘alabani yuqori baholayman. Valdepenyas debyut qildi — uni ham debyuti, ham o‘yini bilan tabriklayman.
Biz hammamiz yagona maqsad yo‘lida ishlayapmiz. Qo‘lga kiritilgan sur’atni saqlab qolishimiz kerak, chunki bitta o‘yinning o‘zi etarli emas. Oldinda hali uzoq yo‘l bor va shu holatni ushlab qolishimiz shart.
Biz birga ishlayapmiz, jamoa juda yaxshi o‘ynadi. Birlik — bu poydevor, faqat doimiy yaxlitlikgina kerakli o‘sishni ta’minlaydi, — dedi Alonso.



Fikrlar