Xabi Alonso: "Bu aniq penalti edi"

  • 15 dekabr, 03:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoasi foydasiga aniq penalti belgilanmaganini ta’kidladi.

Tecno

La Liganing 16-turi doirasida madridliklar safarda "Alaves"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvni Viktor Garsiya Verdura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.

86-daqiqada mehmonlar vingeri Vinisius "Alaves" jarima maydonida Nauel Tenalyaning oyoqqa zarbasidan keyin erga yiqildi. Biroq bosh hakam penalti belgilamadi, VAR esa arbitrni monitor oldiga chaqirmadi.

— O‘yin juda keskin kechdi. Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik, keyinroq to‘p nazoratini yo‘qotdik. Ikkinchi taymni ham yaxshi o‘tkazdik, imkoniyatlar yaratdik.

Biz Valdepenyas xato qilgan yagona epizodda gol o‘tkazib yubordik. Jamoa juda kuchli raqibga qarshi xarakter ko‘rsatib, yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi gol bizga uch ochko olib keldi va men juda xursandman.

Men hakam haqida emas, aynan epizod haqida gapirmoqchiman. Menimcha, bu aniq penalti edi va uni VAR orqali qayta ko‘rib chiqishmagani meni hayron qoldirdi. Garchi, umuman olganda, bunga ham ajablanmadim, — dedi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!