"WEF126-Prof fight53" turnirida "Nursulton Team" klubining 4 nafar vakili jang qiladi

  • 22 iyun, 2023, 10:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, 25 iyun kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida "WEF 126 - PROF FIGHT 53" turniri tashkil etiladi.

Tecno

IMG_20230622_102204_289_1

Mazkur MMA oqshomida bir qator yurtdoshlarimiz oktagonga ko‘tariladi. Jumladan, Nursulton Team klubi a’zolari, Bekzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboev shogirdlaridan 4 nafari ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.

IMG_20230622_101008_761

Jumladan, Sardor Rustamov (1-1) qirg‘izistonlik Islambek Xudoyberganov bilan jang qilsa, Muhammadkarim Tolipov, Muhammadali G‘aniev va Sardor Zokirovlar ham mezbon sportchilarga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz!

IMG_20230622_102208_202

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!