
WBAning iyun oyi uchun yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarda qayd etildi?
WBA iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Mazkur reytingdan bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ham qayd etilgan. Ularning o‘rinlarida o‘zgarishlar ham yo‘q emas.
Jumladan, super engil vaznda o‘z janglarini o‘tkazadigan, Shohjahon Ergashev 6-o‘rindan bir pog‘ona pastlab, 7-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, aksincha, Shahram G‘iyosov bir pog‘ona ko‘tarilib, 6-o‘ringa chiqqan. Ya’ni, bokschilarimiz o‘zaro joy almashishgan.
Super yarim o‘rta (69 kg) da Isroil Madrimov 2-o‘rini saqlab qolgan. Yarim og‘ir vazndagi (79kg) hamyurtimiz Rustam To‘laganov ham o‘tgan oydagi kabi 15- pog‘onadan o‘rin olgan. Yana bir yurtdoshimiz Bektemir Meliqo‘ziev super o‘rta vaznda 14-o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsa, tabiiyki, Murodjon Ahmadaliev o‘z vaznida WBA va IBF chempioni sifatida qayd etilgan.
Fikrlar