
“Vulverxempton” portugaliyalik futbolchilarni sotib olishda davom etadi. Ularning bu safargi "o‘ljasi" "Barsa" futbolchisi
Portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu “Barselona”dan ketishga juda yaqin turibdi.
26 yoshli futbolchi “Vulverxempton” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqla. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” kecha Semeduning transferi bo‘yicha taklif yuborgan va “ko‘k-anor ranglilar”dan bu borada ijobiy javob olgan. Hozirda futbolchi yangi jamoasi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
Ta’kidlash kerakki, ayni damda “Vulverxempton”da jami 9 ta portugaliyalik futbolchi to‘p surmoqda. Semedu esa bu borada 10-bo‘lishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Santu ham portugaliyalik hisoblanadi.
Fikrlar