"Vulverxempton" o‘z futbolchilariga ta’qiq qo‘ydi

  • 26 dekabr, 2020, 19:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" klubi koronavirus kasalligi keng tarqayotgani tufayli, o‘z futbolchilariga do‘konga borishni ta’qiqlab qo‘ydi.

Tecno

"Masala, o‘zimizni himoya qilish borasida ketyapti. Pandemiya davri boshlangan paytda bizning oshpazimiz zarur bo‘ladigan narsalarni zaxira qilib, g‘amlab qo‘ygan va og‘ir vaziyatda barcha futbolchilar undan foydalanishlari mumkin.

Vaziyat yaxshilana boshlagach, biz futbolchilarga do‘konga o‘zlari borishlari uchun ruxsat bergandik, ammo hozirda infektsiya yana avjiga chiqmoqda. Shuning uchun, biz yana futbolchilar va ularning oila a’zolari do‘konga borishlariga ta’qiq qo‘ydik," - dedi jamoa bosh murabbiyi Eshpiritu Santu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!