
Volkanovski: "Maxachev bu borada Oliveyradan kuchliroq"
Yarim engil vazn toifasi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Maxachev - Oliveyra jangi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘ylaymanki, Maxachev va Oliveyra o‘rtasiladagi bahsda hamma eng yaxshi grepplerni aniqlamoqchi bo‘ladi. Kimdir Islamni kuchli deb biladi, yana kimdir Charlzni. Vaholanki, birinchi jangda Maxachev raqibini bo‘g‘ib qo‘ygandi.
MMA nuqtai nazaridan kim kurashda samaraliroq?
Men Islam degan bo‘lardim. U raqiblarini sindirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Qanchalik porterdan uzoqlashmang, u yana jangni stoykaga o‘tkazmaslikka harakat qiladi.
Islam nazorat qilish borasida ham ancha tajribali. Menimcha, kurash bo‘yicha Charlz birmuncha qiynaladi. Men Oliveyraga stoykada jang qilishni maslahat bergan bo‘lardim.
Chunki, porter Habib va qolgan barcha dog‘istonliklarning uslubidir", deydi avstraliyalik chempion.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi revansh jangi 21 oktyar kuni Abu-Dabidagi UFC 294 turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar