
Vodiy derbisi uchun chiptalar narxi e’lon qilindi
Superliganing 5-turi doirasida 8 aprel kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida vodiy derbisi nomi ostida “Andijon” hamda “Neftchi” jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Aytish kerakki, “Andijon” shu kuni nominal mezbon hisoblanadi.
Mazkur uchrashuv uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Andijonlik muxlislarga 11, 12, 13, 14, 15 va 16-sektorlar ajratilgan. Farg‘onalik ishqibozlar qolgan sektorlarga joylashishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, SIP sektorga mo‘ljallangan chipta narxi 50 ming so‘m etib belgilangan. Qolgan sektorlar uchun esa chipta narxi 25 ming so‘m.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Neftchi” o‘rtasidagi o‘yin 8 aprel kuni soat 17:55 da boshlanadi.
Fikrlar