
Vlaxovich "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindan noroziligini yashirib o‘tirmadi
"Yuventus" futbolchisi Dushan Vlaxovich EChL nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, hujumchi tezkor gol urganiga qaramay, natijadan ko‘ngli to‘lmagan.
"Mening orzum "Yuventus"da amalga oshdi. Chempionlar ligasida gol urishga erishdim. Biroq g‘alaba qozona olmaganimiz menga ma’qul kelmadi.
Biz o‘yin oldi ko‘plab rejalar ishlab chiqqan edik. Lekin raqib ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi.
Shaxsan men bu uchrashuvni allaqachon unutib yubordim. Biz keyingi o‘yinga e’tibor qaratishimiz lozim", - dedi serbiyalik forvard.
Fikrlar