
Vladimir Klichko va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revanshni ko‘ramizmi?
Boks bo‘yicha WBC yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri WBO, IBF, IBO va The Ring bo‘yicha sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vladimir Klichko bilan ehtimoliy revansh haqida fikr bildirdi.
“Klichko nima qilishni xohlasa, qilaversin. Unga omad tilaymiz. Biroq men unga ancha yillar oldin keksayib qolganini aytgandim. Shu bois Vladimir bilan revansh meni qiziqtirmaydi" - deb Fyurining so‘zlarini keltirmoqda "Bloody Elbow".
Eslatib o‘tamiz, Tayson 2015 yilning 28 noyabr kuni IBF, IBO, WBO, WBA super va The Ring chempionlik kamarlari uchun jangda Klichkoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgandi.
Fikrlar