Vitaliy Denisov AGMK bilan shartnoma imzoladi

  • 4 yanvar, 2023, 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK futbol klubi yangi mavsum uchun o‘z tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda. Shu maqsadda Mirjalol Qosimov jamoasiga tajribali himoyachi qo‘shildi.

Tecno

36 yoshli Vitaliy Denisov joriy yilgi chempionatni AGMK klubida o‘tkazadi. Bu borada tomonlar kelishuvga erishishdi va shartnoma imzolandi. 

Denisov yurtimizga o‘tgan yilning yozida qaytgan bo‘lib, o‘shanda “So‘g‘diyona” klubi bilan chempionat oxiriga qadar shartnoma tuzgandi. Ikkinchi davrada futbolchi jizzaxliklar safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Qolaversa, OFK Kubogi va O‘zbekiskton Kubogidagi o‘yinlarda ham ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!