
Virus Ibragimovichga yuqmasa, Zlatan o‘zi virusga qarab boradi!
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich koronavirus bilan kurashish uchun mablag‘ yig‘ishni boshlashini aytib o‘tdi.
Futbolchi "Gofundme" platformasini ishga tushirib, million evro to‘plashga erishdi va o‘zi ham 100 ming evro xayriya qildi. Yangi kompaniyasiga "Kick the Virus away!" - deb nom qo‘ydi.
"Italiya menga juda ko‘p narsa bergan. Men o‘zim yaxshi ko‘rgan mamlakatga yanada ko‘prog‘ini bermoqchiman.
Biz birgalikda hayotimizni saqlab qolish uchun har kuni fidokorona ishlaydigan shifoxonalar, shifokorlar va hamshiralarga chinakam yordam bera olamiz. Chunki bugun biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz!
Yodda tuting: Agar virus Zlatanga yuqmasa, Zlatan virusga qarab boradi," - dedi Ibragimovich.
Ma’lumot uchun, Italiya koronavirus pandemiyasi bo‘yicha Xitoydan keyin, ikkinchi o‘rinda turadi.
Mamlakatda 31 mingdan ziyod kishi COVID-19 infektsiyasi bilan zararlangan va 2 mingdan ziyod inson vafot etgan.
Fikrlar