
Vinisiusning "Valensiya" bilan o‘yindagi qizil kartochkasi bekor qilindi. U bugun maydonga tushishi mumkin
"Real" futbolchisi Vinisius Juniorning "Valensiya" bilan bo‘lgan bahsda olgan qizil kartochkasi bekor qilindi. Braziliyalik futbolchi shu bellashuvda irqchilikka uchragandi va bu holat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Kecha tunda chiqqan xabarga ko‘ra, hujumchining qizili keyingi o‘yinlarga ta’sir o‘tkazmaydi. Vini bugun bo‘lib o‘tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Valensiya" maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning kichik 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Vinisiusga 90+7-daqiqada asablarini jilovlab tura olmagani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgandi.
Fikrlar