Vinisiusning kechagi harakatiga qanday jazo qo‘llanilishi mumkin?
"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior "El-klasiko"ning ikkinchi bo‘limida Xabi Alonso uni zaxiraga olib qo‘yish haqidagi qarorga juda keskin reaktsiya bildirdi. U maydonni tark etayotganda jahl bilan harakat qilgan va bu holat Ispaniya matbuotida katta bahslarga sabab bo‘ldi.
"Mundo Deportivo"ning nashri yozishicha, klub braziliyalik futbolchining harakatlarini jiddiy intizomiy qoidabuzarlik sifatida baholashi mumkin. Manbaga ko‘ra, Vinisius 53 ming evrogacha jarima yoki 2 dan 10 kungacha maoshsiz vaqtincha diskvalifikatsiya olishi ehtimoldan xoli emas.
Klub ichidagi ayrim mansabdorlar futbolchiga nisbatan jazo qo‘llashni talab qilmoqda, boshqalar esa bu masala Xabi Alonso va Vinisius o‘rtasida shaxsiy tarzda hal etilishi lozim, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.



Fikrlar