Vinisius klasikoda zaxiraga olinganidan so‘ng jamoani tark etish bilan tahdid qildi
La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” — “Barselona” (2:1) uchrashuvida “qaymoqrangliklar” bosh murabbiyi Xabi Alonso va vinger Vinisius o‘rtasida tortishuv yuz berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 72-daqiqada zaxiraga olingach, jamoani tark etish bilan tahdid qilgan.
Vinisius: “Menmi? Murabbiy? Hammasi doim mendan! Men jamoadan ketaman. Yaxshisi, ketaman!”
Alonso: “Bo‘ldi, Vini, etar endi!”
Vinisius: “Jin ursin hammasini!”
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchining madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Uning Transfermarkt portalidagi bahosi 150 million evro etib belgilangan.



Fikrlar