
Vinisius Junior "Real" safida kiritgan eng chiroyli goli qaysiligini aytdi
“Real” Madrid yarim himoyachisi Vinisius Junior “qirollik klubi” safida kiritgan eng chiroyli goli qaysiligi haqidagi savolga javob berdi.
“Albatta, “Barsa” darvozasiga kiritgan golim”, - deydi 19 yoshli braziliyalik futbolchi instagramdagi sahifasida.
Vinisius 1 mart kuni Madridda bo‘lib o‘tgan “el-klasiko”da “Barselona” darvozasiga jamoasining g‘alaba golini kiritgan edi. U bu mavsum La Ligada jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar