Vinisius Junior gol urishda futbol afsonasi Ronaldodan o‘zib ketdi

  • 17 aprel, 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior “Real Madrid” tarixida eng ko‘p gol urgan braziliyalik o‘yinchiga aylandi. Bu borada u afsonaviy hamyurti Ronaldoni ortda qoldirdi.

Tecno

FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi, deb e’lon qilingan Vinisius, Evropa Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinida “Arsenal” darvozasiga to‘p kiritib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Biroq bu gol “Qirollik klubi”ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

“Kanonirlar” o‘z uyidagi muvaffaqiyatdan keyin Madriddan ham 2:1 hisobidagi g‘alabani nishonladi. Umumiy hisob – 5:1.

Bu raqobatdagi “Real”ning yagona goli Vinisius uchun madridliklar safida kiritgan 105-to‘p sifatida qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, Ronaldo “Real”da besh yil to‘p surgan va ana shu vaqt oralig‘ida o‘z hisobiga 104 golni yozdirib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!