
Vinisius: “Bir o‘zim to‘rtta futbolchidan o‘tib keta olmayman”
Vinisius Junior Braziliyaning Amerika kubogidagi raqiblarining taktikasi haqida gapirdi.
Braziliya terma jamoasi “Kopa Amerika 2024” guruh bosqichining 1-turida Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi (0:0).
“Albatta, bu debyut, bunday o‘yinlar har doim juda qiyin, ayniqsa yangi maydonda yaxshi himoyalanadigan jamoaga qarshi. Biz bundanda yaxshiroq o‘ynashimiz kerak.
Men jamoamiz uchun nimalarni rivojlantirish va nima qilishim mumkinligini ham bilaman. Yangi murabbiy, yangi futbolchilar, hammasi vaqt talab etadi.
Muxlislarimiz hammasini bir vaqtning o‘zida xohlashadi, lekin biz asta-sekin harakat qilamiz. Keyingi o‘yinda biz ancha yaxshi o‘ynashimizga ishonaman, chunki bugun biz musobaqa qanday bo‘lishini, maydonlar va hakamlar haqida ma’lumotlar to‘pladik.
Men har safar terma jamoa uchun maydonga tushganimda, ular menga qarshi uch-to‘rt nafar futbolchini qo‘yishadi, albatta bir nechta futbolchidan o‘tib ketishga qiynalaman”,-dedi “Real” va Braziliya vingeri.
Fikrlar