"Vilyarreal" o‘z to‘purari bilan shartnomani uzaytirdi

  • 10 avgust, 2021, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vilyarreal" o‘zining rasmiy sayti orqali hujumchi Jerar Moreno bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 29 yoshli ispaniyalik futbolchining “sariq suvosti kemasi” bilan imzolagan yangi shartnomasi 2027 yilga qadar tuzilgan.

Ta’kidlash kerakki, Moreno “Viyarreal” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning hisobida hozircha 82 ta gol mavjud. Navbatdagi gol uni “Vilyarreal” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylantiradi.

"Vilyarreal" 11 avgust kuni "Chelsi"ga qarshi UEFA Superkubogida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!