
Villian yozda "Barselona"ga o‘tishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Villian faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 30 yoshli braziliyalik futbolchisini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida 35 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, bundan bir yil muqaddam “Barselona” Villian uchun 65 mln evro takli qilgan edi. Kataloniyaliklar bu safar futbolchini ancha arzonroqqa qo‘lga kiritishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Villian joriy mavsum “Chelsi” safida jami 53ta o‘yinda ishtirok etdi va 8ta gol hamda 14ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar