Viktor Kumikovning murabbiylar shtabida kimlar ishlaydi?

  • 30 may, 2020, 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasining yangi bosh murabbiyi Viktor Kumikov allaqachon zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga kirishgan. Xo‘sh, endilikda yangilangan murabbiylar shtabida kimlar ishlaydi? Shu bois ko‘pchilikni Viktor Kumikovga qaysi murabbiylar yordam berishi ham qiziqtirmoqda.

Tecno

Bungacha klubning sobiq ustozi – Aleksandr Xomyakovning murabbiylar shtabida ishlagan Diyor Mirzaboev endilikda Viktor Kumikovga ham yaqindan yordam bermoqda.

Bundan tashqari, rossiyalik yangi bosh murabbiyga uning hamyurtlari ko‘maklashishadi. Bular – Oleg Kornienko bilan Roman Uzdenov.

Shuni aytish joizki, bunga qadar ham ushbu mutaxassislar Kumikov bilan birga faoliyat olib borishgan. Masalan, AGMKda ham ular Kumikovning shtabidan joy olishgandi. Shuningdek, Qozog‘istonda ham Viktor Balyutovich Kornienko bilan Uzdenovning xizmatidan foydalangandi. Ko‘rib turganingizdek, endilikda ular “Andijon”da ham birgalikda ish olib boradilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!