
Viktor Kumikov Diyor Rahimqulovning vafoti haqida: "U juda quvnoq yigit edi"
11 dekabr kuni iqtidorli futbolchi Diyor Rahimqulovning avtohalokat tufayli vafot etgani barchamiz uchun qayg‘uli bo‘ldi. Asli “Bunyodkor”ga tegishli bo‘lgan va bu yilgi mavsumni ijara asosida “Andijon”da o‘tkazgan yarim himoyachi mahalliy muxlislarning ham qalbidan joy olgandi. Jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov uning iqtidori yuqori ekanini aytardi. Mutaxassis Rahimqulovning vafoti bo‘yicha shunday dedi:
“Afsuski, bevaqt o‘lim mana shunday ajoyib yigitni oramizdan erta olib ketdi. U juda quvnoq yigit edi. Albatta, buni qabul qilish oson bo‘lgani yo‘q. Afsuski, futbolchimizning o‘limi haqidagi gaplar ayni haqiqat bo‘lib chiqdi. U bizda ijara asosida o‘ynyotgandi. Ijara muddati tugagani bois o‘z klubiga qaytish taraddudida yurgandi”, - dedi Viktor Kumikov.
Fikrlar