"Vest Xem" rahbariyati Pellegriniga qanday ultimatum qo‘ydi?
Londonning "Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini keyingi haftada o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bolg‘achilar” rahbariyati chililik mutaxassisga jamoa natijalarini yaxshilash uchun 2 ta o‘yin imkon bergan.
Agar “Vest Xem” APLning yaqinlashib kelayotgan “Chelsi” va “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinlarida mag‘lub bo‘lsa, Pellegriniga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 66 yoshli Pellegrini “Vest Xem”ni 2018 yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning yillik maoshi 8,17 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar