"Vest Xem" Grem Potter bilan shartnomani bekor qildi. Uning o‘rnini esa portugaliyalik mutaxassis egallashi mumkin

  • 27 sentabr, 15:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" rahbariyati jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan Grem Potterning o‘rniga portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu nomzodini asosiy variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Shu bilan birga, londonliklar sobiq bosh murabbiy Slaven Bilichni ham ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shgan.

Eshpiritu Santu sentyabrda "Nottingem Forest"dan bo‘shatilgan edi. U o‘tgan mavsumda jamoa bilan APLda 7-o‘rinni egallagan.

Hozirgi mavsumda esa "Vest Xem" 5 turdan so‘ng 4 marta mag‘lubiyatga uchrab, 3 ochko bilan turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!