"Vest Xem" bosh murabbiyi va 2 nafar futbolchisi Covid-19 ga chalindi
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes va futbolchilar Issa Diop hamda Jon Kallen koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Bu Angliya liga kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan "Xall Siti"ga (5:1) qarshi o‘yin payti ma’lum bo‘lgan.
“Tibbiyot xodimlari test natijalarini haqida xabar berdi. Shundan so‘ng, Moyes va yana 2 nafar futbolchi stadionni zudlik bilan tark etdi”, - deyiladi klub xabarida.
Murabbiy va futbolchilarda kasallik alomatlarsiz kechayotgani aytilmoqda.



Fikrlar