Verratti noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 23 aprel, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti Frantsiya chempionatining 33-turida "Monako"ga (3:1) qarshi bahsda jarohat oldi.

Tecno

Lequipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra italiyalik futbolchining chap tovonida og‘riq paydo bo‘lgan. Bugun Verratti tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Verratti joriy mavsum PSJ safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!