
Verratti APL, La Liga va Saudiya chempionatidan birini tanlashi kerak!
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga Evropaning bir qancha top klublari qiziqish bildirmoqda.
"L’ÉQUIPE" nashrining xabar berishicha, "Atletiko" futbolchi transferini hal qilish uchun parijliklar rahbariyati bilan aloqaga chiqqan. PSJ Markoni sotish orqali 80 million evro atrofida foyda ko‘rmoqchi.
Unga Angliyaning "Liverpul" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Shuningdek, kurashga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi qo‘shilishi ehtimoli ham o‘ta yuqori.
Fikrlar