
Velosport: Osiyo kubogida vakillarimiz oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi
Shu kunlarda velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Tailandda velotrek bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etishmoqda.
Kecha bo‘lib o‘tgan musobaqaning ilk kunida ishtirokchilar jamoaviy poyga bahslarida o‘zaro kuch sinashishdi.
Ayollar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Nafosat Kozieva hamda Shahnoza Abdullaevalardan iborat jamoamiz yakunda 1-o‘rinni egallashdi. Final poygasida ular 4 km masofani 3:40,719 daqiqada bosib o‘tishdi va tailandlik qizlardan 10 soniyaga o‘zib ketishgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Daniil Evdokimov va Botirjon Ismatovlar kvarteti 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Tailand terma jamoasini ortda qoldirdi. Yigitlarimiz belgilangan masofani 4:23,687 daqiqa ichida bosib o‘tishdi va bu ko‘rsatkich bilan ular raqiblarini 4 soniyaga ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar