
Varanning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi ma’lum
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan olti oydan keyin jamoani tark etadi. "Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, rahbariyat 30 yoshli frantsiyalik futbolchining muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Shunday qilib, Varan katta ehtimol bilan yozda MYuni erkin agent sifatida tark etadi. Frantsiyalik futbolchi bu mavsumda bosh murabbiy Erik ten Xagning ishonchini yo‘qotdi va asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushmoqda.
Oldinroq Varan "Bavariya"ga o‘tishi yoki "Real"ga qaytishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Rafael hozirda "qizil iblislar" safidagi uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
Fikrlar