Varan Ronaldu haqida nimalar dedi?
“Manchester Yunayted“ futbolchisi Rafael Varan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, portugaliyalik hujumchining ulkan tajribasi MYuga katta foyda keltiradi.
“Bizning munosabatlarimiz har doimgidek yaxshi. U futbol haqida bilganlarini boshqalarga gapirishni yoqtiradi.
Ronaldu bilan birga to‘p tepish ajoyib. Uning ulkan tajribasi yoshlar uchun yaxshi saboq bo‘la oladi.
Uning har bir o‘yin uchun tayyorgarligi aqlbovar qilmas darajada. Jismoniy va ruhiy tomonlama Krishtianu futbol olamida eng kuchlisi“ - dedi frantsiyalik futbolchi.



Fikrlar