
Van Gal: Nazarimda, o‘yin natijasi oldindan belgilab qo‘yilgandek tuyuldi
2022 yilgi jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasini boshqargan murabbiyi Lui van Gal Argentinaning Qatardagi g‘alabasini tanqid qildi.
“Qaysi gollarni argentinaliklar, qaysilarini boshqa jamoalar urganini ko‘rganingizda savollar tug‘iladi. Ularning ba’zi futbolchilari maydonda o‘zini noo‘rin tutdi, ammo hech qanday jazo olmagan. Nazarimda, o‘yin natijasi oldindan belgilab qo‘yilgandek tuyuldi. Menimcha, buning hammasi Lionel Messi jahon chempioni bo‘lishi kerak edi", - deya van Galning so‘zlarini keltiradi "Mundo Deportivo" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Argentina finalda Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Messi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Fikrlar