
Van Deykni La Liganing grand klubi tekinga olmoqchi
Ispaniyaning "Barselona" klubi "Liverpul" himoyachisi hisoblangan Virjil van Deykni tekinga qo‘lga kiritmoqchi.
Ispaniyaning "SPORT" nashri yozishicha, kataloniyaliklar yozgi transferlar oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Shu bois, mersesaydliklarning bu mavsum shartnomasi yakunlanadigan niderlandiyalik himoyachisini ko‘zlab qo‘ydi.
Xabaringiz bor, van Deykning shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Agarda fulbek angliyaliklar bilan shartnomasini uzaytirmasa, "ko‘k-anorranglilar" taklif bilan chiqishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli himoyachi joriy mavsum "Liverpul" safida 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar