
Van de Bek "Everton"dan ketmoqchi emas
"Everton" safida ijara asosida to‘p tepayotgan MYu vakili Donni Van de Bek Liverpul klubini tark etmoqchi emas. U hozirda jamoadagi holatidan xursand.
Futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi. Manchesterda esa unga bu imkon berilmadi.
Shuningdek, Donni APLdan boshqa ligalarga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Yarim himoyachiga "Real", "Barselona" va "Yuventus" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
"Transfermarkt" portalida niderlandiyalik istedod sohibi 22,5 million funt sterlingga baholagan.
Fikrlar