
Valverde: "Real" muxlislari uchun "Barselona"ni mag‘lub etmoqchi"
"Real Madrid" va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi hisoblangan Federiko Valverde "Barselona"ga qarshi finaldan avval bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, g‘alaba qozonish uchun maydonda tushmoqchi ekanligini ta’kidladi.
"Biz "Barselona"ni mag‘lub etib, muxlislarimizni faxrlantirishni va madridistlar uchun maxsus kecha yaratishni istaymiz.
Titullarni bir o‘yinchi emas, butun jamoa yutadi. Birlik – sovrinni uyga olib kelishning asosiy kalitidir.
Birinchi soniyadanoq to‘liq diqqatni jamlashimiz kerak", – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi "qaymoqranglilar" xavbeki.
Fikrlar