
“Valensiya”dan navbatdagi g‘alaba
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasida navbatdagi tur bahslari o‘tkazildi.
Unda “TsSKA Moskva” (Rossiya) va “Baskoniya” (Ispaniya) uchrashuvida 93:86 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “Fenerbaxche Dogush” (Turtsiya) o‘z parketida “Olimpiya Milan” (Italiya)ni 89:70 hisobida taslim qildi.
Gretsiyada “Olimpiakos” Ispaniyaning “Valensiya Basket” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 80:70 hisobida g‘alaba qozondi. Ispaniyaning yana bir jamoasi “Unikaxa” esa “Palasio de Deportes de Malaga” sport saroyida “Makkabi FOX” (Isroil)ni 83:69 hisobida dog‘da qoldirdi.
Fikrlar