
Vakilamiz shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Gretsiyaning Rodos shahrida rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha FIDE 2022 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Rapid yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritgan Omonova Umida blits yo‘nalishida 9 imkoniyatdan 8,5 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, Gretsiyada Omonova Umida 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar guruhida ikki yo‘nalish, ya’ni rapid va blits bo‘yicha chempion bo‘ldi!
Shuningdek, blits yo‘nalishi bo‘yicha Begmuratov Humoyun 9 imkoniyatdan 7 ball jamg‘argan holda, ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining "Open12" guruhining har ikki yo‘nalish, ya’ni rapid va blits bahslarida kumush medal sohibiga aylandi.
Blits yo‘nalishida yana bir hamyurtimiz Rahmatullaev Almas "Open16" guruhida 4-o‘rinni egalladi.
Fikrlar